Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi
янв.21
Fayzabod mahallasida amalga oshirilgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Bepul dori-darmon bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQUV HOLATI QAT’IY NAZORATDA
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📌 Deputat faoliyati: Hududiy yo‘llar va xavfsizlik nazoratda
AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH — E’TIBOR MARKAZIDA

AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH — E’TIBOR MARKAZIDA

📅 2026-yil 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 So‘rov tuman hokimining o‘rinbosari S.Xamrayev nomiga yo‘llanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-sonli “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🔎 Jumladan, tumanda mazkur yo‘nalishda:
▪️ gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️ ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam;
▪️ belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi;
▪️ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
haqida ma’lumotlar o‘rganiladi.

👤 Doimiy komissiya raisi — Ochilov Jamshid Ubaydullayevich.

📌 Mazkur deputatlik so‘rovi orqali qaror talablarining tumandagi ijrosi holatini o‘rganish va mavjud masalalarga deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsad qilingan.