Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi
янв.21
Fayzabod mahallasida amalga oshirilgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Bepul dori-darmon bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQUV HOLATI QAT’IY NAZORATDA
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi — e’tiborda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
💻 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Deputatlar va "Mahalla yettiligi" nazorati
янв.21
📌 Deputat faoliyati: Hududiy yo‘llar va xavfsizlik nazoratda
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #21_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Eskishahar” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shaharning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida baho berildi.

Mas’ullar tomonidan mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilangina cheklanmasdan, ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlash orqali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — hududdagi qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalarini doimiy nazoratda tutadi.