Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
🔰Qadamjolar obodligi — yurt obodligi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B. Toshpo‘latov tashabbusi bilan Jizzax shahridagi “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qabristonda keng qamrovli obodonlashtirish va tozalik ishlari tashkil etildi.

🔸Mahalla ahli va keng jamoatchilik o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash maqsadida o‘tkazilgan ushbu xayrli tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari faol ishtirok etdilar.

🔸Tadbir davomida qatnashchilar tomonidan qabriston hududi chiqindilardan, qurigan xazon va begona o‘tlardan to‘liq tozalandi. Mavjud daraxtlar butalib, shakl berildi va oqlandi. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida qadamjo ichidagi yo‘laklar tartibga keltirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 5