Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari nazoratda

Aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati Sh.Allamurodova hamda kotibiyat xodimlari “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, hududda tashkil etilgan yangi tadbirkorlik subyekti — “Rusmax” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlarining 4-bandi — hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari doirasida ham tahlil qilindi.

Mazkur korxona tadbirkor E.Ashurov tomonidan mahalla hokim yordamchisining tavsiyasi va amaliy ko‘magi asosida tashkil etilgan. Faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorga 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada mazali non va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

E’tiborlisi, tadbirkorlik subyekti faoliyati orqali mahalla aholisi sifatli non mahsulotlari bilan ta’minlanishi bilan birga, bir necha fuqarolarning bandligi ta’minlanib, oilalar uchun barqaror daromad manbalari shakllanmoqda. Bunday loyihalar aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jarayonda “mahalla yettiligi” faoliyati ham tahlil qilinib, aholi bilan ochiq va manzilli muloqotni kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, amaliy yechimni belgilash va natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vositadir.

Slide 1 of 2