Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Zikiryayev Abduazizxon Amanovich Oqtosh mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
янв.21
Novqa mahallasida ichki ko‘chalar obodonlashtirilmoqda.
янв.21
Fidokor mahallasida amaliy ishlar jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovich Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
янв.21
Baxmalda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
янв.21
💼 Xorijdagi fuqarolar sharoiti mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Mog’ol mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
янв.21
🌐 Xorijdagi yoshlar e’tiborda: Migratsiyadagi vatandoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fidokor mahallasida amaliy ishlar jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Raxmonova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
#Deputat_faoliyati #Murojaat_va_ijro #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-“Qorliq” saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan saylov okrugiga qarashli “Qorliq” mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasidagi murojaati nazoratga olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Deputat tashabbusi bilan ushbu fuqaroning xonadonini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari olib berildi.

Aholi murojaatlarini tinglash, ularning ijtimoiy muammolarini joyida hal etish va "Ayollar daftari"dagi fuqarolarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3