Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
#Tuproqqal'a tumani #Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 13–16 sentyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Seul shahrida Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz, jumladan, yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari yurtdoshlarimizning o‘qishi, ilmiy izlanishlari, faoliyati va kelajak rejalari bilan qiziqdi. Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tashrif doirasidagi tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Prezidentimiz Koreyada tahsil olayotgan yoshlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash, ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusida ularni Vatanimiz taraqqiyotiga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari yoshlarga o‘qish va mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan bilim, ko‘nikma va tajriba mamlakatimiz ravnaqi, iqtisodiy taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Mazkur uchrashuv xorijda tahsil olayotgan yoshlarga yuksak e’tibor qaratilayotgani, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Vatan bilan aloqalarini mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.