Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida soliq xodimi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" doirasida davlat organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini baholash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshevga biriktirilgan Kotibiyat xodimi E.Eshonqulov "Bektepa" MFYda bo‘lib, mahallaga biriktirilgan soliq xodimining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi biznes sub’ektlarini aniqlash va ularni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini oshirish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, soliq intizomini kuchaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddi xodimga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1