Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan masalalaryuzasidan Hamdo‘st mahallasi hududidagi mavjud bolalar va sport maydonchalari hamda aholining ushbu obyektlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilganligi, o‘rganishlar davomida Hamdo‘st mahallasida jami  4305 nafar aholi istiqomat qilishi hamda mahalla hududida 6 ta bolalar o‘yingohi va 3 ta workout (sport) maydonchasi mavjudligi aniqlanganligi ma'lum qilingan.

⚠️ Shuningdek, hozirgi kunda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri hududida aholi sonidan kelib chiqib, bolalar va sport maydonchalarini joylashtirish bo‘yicha belgilangan me’yorlarga muvofiq, har 1 000 nafar aholiga 1 ta bolalar maydonchasi, har 2 000 nafar aholiga 1 ta workout (sport) maydonchasi tashkil etilishi nazarda tutilganligi qayd etilgan.

✅ Kelgusida mahalladagi aholi sonining ortishi, mavjud maydonchalarga bo‘lgan ehtiyojning ko‘payishi yoki hududning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, qo‘shimcha bolalar va sport maydonchalarini tashkil etish masalasi belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1