Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
DEPUTATLIK NAZORATI: 5-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI VA OBYEKTNI TOPSHIRISHGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK NAZORATI: 5-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI VA OBYEKTNI TOPSHIRISHGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov ishtirokida Uchtepa tumanining “Xondamir” mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 Mazkur muassasa “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalardan biri hisoblanadi. O‘rganishda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarning bugungi holati, sifati hamda obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik darajasiga asosiy e’tibor qaratildi.

🏗 Loyiha doirasida muassasaning issiqlik tizimini o‘rab turuvchi va konstruksiyalarni tirab turuvchi devorlarni ta’mirlash, binoning tom qismini to‘liq yangilash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvurlarini ta’mirlash kabi muhim ishlar ko‘zda tutilgan.

🔎 Davronbek Ravshanbekov, Jafar Ismanov, tuman Kengashining doimiy komissiyalari a’zolari hamda mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan loyiha talablariga muvofiqligi, sifat darajasi va yakuniy topshirishga tayyorgarligi tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘zdan kechirildi.

⚠️ O‘rganish jarayonida ayrim bajarilgan ishlarda sifat, ijro intizomi va belgilangan texnik talablarga rioya etish masalalariga yanada jiddiy yondashish zarurligi qayd etildi. Ta’mirlash ishlarini loyiha hujjatlari va qurilish me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda sifatli yakunlash lozimligi ta’kidlandi.

📝 Aniqlangan kamchiliklar va e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar pudratchi tashkilot vakiliga tanqidiy ruhda tushuntirilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish hamda obyektni talab darajasida topshirishga tayyorlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔺 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi ijrosi doirasidagi nazorat vazifalari, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, suv ta’minoti bilan bog‘liq infratuzilma hamda muhim masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan uyg‘un olib borildi.

📋 “Tashabbusli budjet” orqali amalga oshirilayotgan loyihaning sifatli yakunlanishi, eng avvalo, 5-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun xavfsiz va munosib sharoit yaratishga xizmat qilishi qayd etildi. Shu bois obyektni topshirishdan oldin mavjud kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish va bajarilgan ishlar sifatini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5