Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILMODA
янв.21
⚡️ Fidokor MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
янв.21
Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MOʻGʻOL QISHLOQIDAGI FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
📊 Nazorat-tahlil faoliyati — islohotlar ijrosining kafolati
янв.21
🤝 Deputat faoliyati — xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
янв.21
🤝 Deputatlar va mahalla "yettiligi" hamkorligi: Muammolar joyida hal etilmoqda
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari M.Salimova va O.Egamberdiyeva hamda ishchi guruh tomonidan shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida qonun hujjatlari ijrosi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud moddiy-texnik baza hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amaliyotga tatbiq etilishi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud masalalarni hal etish, o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2