Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILMODA
янв.21
⚡️ Fidokor MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
янв.21
Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MOʻGʻOL QISHLOQIDAGI FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
🤝 Deputat faoliyati — xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
📊 Nazorat-tahlil faoliyati — islohotlar ijrosining kafolati
янв.21
📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
янв.21
🤝 Deputatlar va mahalla "yettiligi" hamkorligi: Muammolar joyida hal etilmoqda
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Temiryo‘lchi” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va yetarliligi o‘rganildi

Aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narx-navoning barqarorligini kuzatish hamda iste’mol bozorida yetarli zaxira yaratish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, ekspert guruhi a’zosi, 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahallada aholiga taklif etilayotgan kundalik ehtiyoj mahsulotlarining mavjudligi, narxlarining barqarorligi hamda fuqarolar uchun qulay savdo sharoitlari masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash hamda narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 2