Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 VII CHAQIRIQ 24-SESSIYA Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining VII chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
⚡️ Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov yoshlar qabulini oʻtkazdi
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILMODA
янв.21
⚡️ Fidokor MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
янв.21
Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MOʻGʻOL QISHLOQIDAGI FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
🤝 Deputat faoliyati — xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
📊 Nazorat-tahlil faoliyati — islohotlar ijrosining kafolati
янв.21
📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
янв.21
🤝 Deputatlar va mahalla "yettiligi" hamkorligi: Muammolar joyida hal etilmoqda
“Temiryo‘lchi” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

#haftalik_ish_reja_ijrosi

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

#17_band

#162_qonun 

#doimiy_komissiya_faoliyati

#ekspert_guruhi

#deputat_faoliyati 

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Temiryo‘lchi” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Termiz shahrida hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, ekspert guruhi a'zosi, 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X. Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Mamashukurov tomonidan “Temiryo‘lchi” mahallasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi chiqindi to‘plash joylarining sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi, hududda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish hamda obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatining muntazamligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish, mahalla hududida sanitariya va ekologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 1