Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Buni_bilasizmi
Sessiyada ma’ruzachilar va deputatlar uchun so‘zga chiqish vaqti hamda muhokama tartibi reglament asosida belgilanadi.


Sessiya ishining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha ma’ruzachilar, qo‘shimcha ma’ruza qiluvchilar, savol beruvchi va fikr-mulohazalarini bildiruvchi deputatlarning chiqishlari uchun ajratiladigan vaqt sessiya reglamenti bilan belgilanadi.

Reglament deputatlarning masalalarni muhokama qilish jarayonida teng huquqli ishtirok etishini, kun tartibidagi masalalar har tomonlama ko‘rib chiqilishini hamda sessiya ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlaydi.
Sessiya davomida:
ma’ruzachilarga kun tartibidagi masala yuzasidan asosiy axborotni bayon etish uchun belgilangan vaqt ajratiladi;
deputatlarga savollar berish, taklif va mulohazalarini bildirish, muhokamada ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
masala yuzasidan bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, zarur hollarda tegishli topshiriq va tavsiyalar shakllantiriladi;
muhokamalar tartibli, xolis va ishchan ruhda olib boriladi.

Sessiya raisi reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, so‘zga chiqish navbatini belgilaydi, muhokamalarni boshqaradi hamda masalalarni ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilik va belgilangan tartibga amal qilinishini nazorat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1