35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Temirqadam mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#ish_reja_ijrosi 🏥 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati nazoratda
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi 📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

MUROJAAT ASOSIDA CHIQINDI MUAMMOSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududidagi eski madaniyat binosi yonida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmay, to‘planib qolgani yuzasidan ijtimoiy tarmoq orqali murojaat kelib tushdi.

Murojaatda hududdagi chiqindilar sabab noxush hidlar tarqalayotgani, shamolli kunlarda chiqindilar atrofga sochilib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani bildirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov joyiga chiqqan holda, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I. Xayitov, Navro‘z MFY raisi X. Naimov hamda tuman madaniyat bo‘limi rahbari ishtirokida holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mas’ullarga hududdagi chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish va hududni tozalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi tomonidan mazkur hudud belgilangan tartibda tozalanishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6