35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat B. Amanov saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
📌 Kotibiyat xodimi va deputatning 8 oylik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — e’tibor markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
🩺 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash masalasi deputat nazoratida
янв.21
#Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
🌱 Ekologik barqarorlik — e’tibor markazida
янв.21
“Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi
янв.21
“Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha to‘lov tariflari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan shahar markaziy ko‘chalari bo‘yidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun to‘lov tariflari tasdiqlandi.

Ushbu tartib shahar markaziy ko‘chalarida sanitariya va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, hududlarning tozaligini ta’minlash hamda tadbirkorlik subyektlari bilan xizmat ko‘rsatish munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiladi.

Qaror doirasida belgilangan tariflar asosida xizmat ko‘rsatishning shaffof va aniq mexanizmini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, shahar hududining obodligi va sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi