35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Temirqadam mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#ish_reja_ijrosi 🏥 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati nazoratda
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi 📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan savol yo'llandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasida Chilonzor tumanida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini ta’minlash, sohaga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari hamda Chilonzor tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbarining 6 oylik faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
❓ Savol:
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi B.Abdullayeva tomonidan Chilonzor tumani elektr ta’minoti bosh muhandisi Xusanov Baxriddin Eshboltaevichga bugungi kunda elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish hamda ta’minot barqarorligini oshirish maqsadida energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati, xususan, ko‘p energiya iste’mol qiluvchi korxonalarda energiya tejamkor yangi texnika va uskunalarni joriy etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan savol berildi.
🎙 Javob:
Xusanov Baxriddin Eshboltaevich: Ko‘p energiya iste’mol qiluvchi korxonalarda yangi uskunalarni o‘rnatish, energiya tejamkorligi yuqori bo‘lgan yangi texnika va texnologiyalarga bosqichma-bosqich almashtirish orqali energiya samaradorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish hamda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan.