35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Temirqadam mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
📌 Nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#ish_reja_ijrosi 🏥 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati nazoratda
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi 📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
"Bog‘ishamol" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi!

Termiz shahrida ko‘p qavatli uy-joy fondidan to‘g‘ri foydalanish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatining samaradorligini tahlil qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova okrug hududidagi “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etilib, xususan, uning 13-bandi — boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi maydonlar tozaligi va tungi yoritilishi holatini o‘rganish vazifasi ijrosiga qaratildi.
Fuqarolar nimalardan e’tiroz bildirishdi?

Uchrashuv va joyiga chiqib o‘rganish jarayonida mahalla ahli tomonidan quyidagi o‘ta dolzarb muammolar ko‘tarildi:

• 🏢 BSK faoliyatidagi sustkashlik: Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatsizligi, uylarning yerto‘lalari va pod’yezdlarining qarovsiz qolayotgani hamda hudud tozaligiga yetarlicha e’tibor berilmayotgani yuzasidan haqli e’tirozlar bildirildi;

• 🔥 Yangi uylarni gazlashtirish: Hududda yangi qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylarni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash (gazlashtirish) masalasi hal etilmayotgani fuqarolarni jiddiy qiynayotgani ma'lum bo‘ldi.

——————————

✍️ Muammolar deputat nazoratiga olindi:

Aholi tomonidan bildirilgan har bir e’tiroz va taklif deputat Sh.Allamurodovaning shaxsiy murojaat daftariga qayd etildi.

1. BSK faoliyati yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning hisobdorligini ta’minlash bo‘yicha shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga;

2. Yangi ko‘p qavatli uylarni tez fursatda xavfsiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulash masalasida "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filialiga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

💬 Sh.Allamurodova:"Aholi BSKga pul to‘layaptimi, demak unga munosib xizmat ko‘rsatilishi, pod’yezdlar toza, yerto‘lalar quruq bo‘lishi shart. Yangi uylarning gazsiz qolishi esa qabul qilib bo‘lmas holat. Har bir murojaatning ijobiy yechimi ta’minlanmaguniga qadar jarayonni shaxsan nazoratimda saqlayman," — deya ta'kidladi deputat.

Slide 1 of 2