O‘rganish davomida ichki dorixonada aholiga, xususan, imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga dori-darmon vositalarini belgilangan tartibda bepul berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dorixonada mavjud dori-darmon vositalarining zaxirasi, saqlanishi, hisobini yuritish hamda bemorlarga retsept asosida o‘z vaqtida yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlar ko‘zdan kechirildi.
Mas’ul xodimlar bilan muloqot jarayonida dori-darmon vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni belgilangan tartibda tarqatish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Aholini zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yaratilgan imtiyozlardan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.