🔹 O‘rganishlar davomida hududdagi elektr transformatorlarining texnik holati, ularni ta’mirlash va sozlash ishlari, shuningdek, mavjud elektr infratuzilmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹 Shuningdek, yaroqsiz holga kelgan elektr ustunlarini aniqlash va ularni belgilangan tartibda almashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirilmoqda.
📌 O‘rganishlardan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishdan iborat.