35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
📌 Deputat nazorati: Murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
👥 Yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Sh. O‘roqovning faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sport, ta’lim, kasb-hunar va turli foydali mashg‘ulotlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Yoshlar yetakchisining ta’lim muassasalari, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorligi, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyati ham o‘rganildi.

🤝 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3