35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — FAROVONLIK OMILI
Yashnobod tumanida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Yashnobod tumani hokimi B. Raxmankulov topshirig‘iga asosan, bugun TEXNOPARK hududida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka avvalida Yashnobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hamda TEXNOPARK mas’ullari so‘zga chiqib, korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ishga qabul qilish talablari va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.

👍 Shuningdek, avval TEXNOPARKda ishga joylashgan fuqarolar o‘z mehnat faoliyati va ish jarayonidagi tajribalari haqida so‘zlab berdilar.

👍 Yarmarkada 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Ish izlovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 45 nafar fuqaroga ishga yo‘llanma berildi.

👍 Mazkur tadbir Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish hamda munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

Slide 1 of 1