35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
📌 Deputat nazorati: Murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
"Saxovat" mahallasida Ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ-1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi!

Termiz shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning og‘irini yengil qilish hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yangi qonunchilik mezonlari asosida o‘rganish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, mahalla Ijtimoiy xodimining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil va muloqot tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini mahalla miqyosida samarali va adolatli ta’minlashga qaratildi.

Suhbat va o‘rganish davomida Ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan amaliy va moddiy yordamlar tahlil qilindi:

• Maktab formasi uchun vaucherlar: Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 nafar o‘quvchiga jami 2 million 60 ming so‘mlik maktab formasi xaridi uchun maxsus vaucherlar ajratildi;

• Manzilli oziq-ovqat ko‘magi: Ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1 ta ehtiyojmand oilaga jami 412 ming so‘mlik birinchi ehtiyoj uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazib berildi.

X.Jurayev: "Yangi Qonun — ijtimoiy xizmatlarning manzilli va adolatli bo‘lishini kafolatlaydi!"

"‘Ijtimoiy ish to‘g‘risida’gi O‘RQ-1159-sonli Qonunning qabul qilinishi mahallada ijtimoiy xodimlarimizning mas’uliyatini va imkoniyatlarini yanada oshirdi. 'Saxovat' mahallasida 6 nafar o'quvchining maktab formasi bilan ta'minlanishi hamda ehtiyojmand oilaga ko'rsatilgan oziq-ovqat yordami — bu qonun ijrosining amaldagi kichik bir samarasidir. Deputat sifatida har bir ehtiyojmand fuqaro davlat g'amxo'rligini his etishi uchun nazoratni davom ettiramiz," — deya ta'kidladi deputat.

"Saxovat" mahallasida ijtimoiy reabilitatsiya, ehtiyojmandlarni "Ijtimoiy reyestr" orqali qo‘llab-quvvatlash hamda har bir xonadonga manzilli kirib borish ishlari deputatlik nazoratida bo‘ladi.