📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova Jo‘rabek mahallasida aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
🤝 Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan muammolar, xususan, hududni obodonlashtirish, infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
📌 Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishning muhim omilidir.