35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — FAROVONLIK OMILI
🛣 YO‘LLAR BO‘YICHA AHOLI MUROJAATLARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Saidov Mardon Bakiyevichning 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
📊 Hisobot davrida korxonaga jami 65 ta murojaat kelib tushgan.
🔹 17 tasi qanoatlantirilgan;
🔹 36 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan;
🔹 12 tasi moliyaviy manba aniqlangach ijobiy hal etilishi belgilangan.
🏢 Murojaatlarning 9 tasi yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan bo‘lib, shundan 8 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
🛠 Qanoatlantirilgan murojaatlar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l mintaqasida ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, yo‘l chiziqlarini chizish hamda yo‘l elementlarini o‘rnatish masalalariga taalluqli.
💰 Moliyaviy manba aniqlangach hal etilishi belgilangan murojaatlar esa asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bilan bog‘liq.
⚖️ Murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, vakolatliligi bo‘yicha yuborish hamda murojaat mualliflarini belgilangan tartibda xabardor qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
📌 Doimiy komissiya tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, yo‘llar bilan bog‘liq muammolarni manzilli hal etish va kelib tushayotgan murojaatlarni muntazam tahlil qilib borish zarurligi qayd etildi.
📑 XULOSA:
Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Saidov Mardon Bakiyevichning 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti tinglanib, mazkur masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
✍️ Doimiy komissiya raisi — M. Kariyev