35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — FAROVONLIK OMILI
Oydin mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi

Oydin mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oydin mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida salbiy illatlarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt bartaraf etish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
👉Tinch va osoyishta mahalla — farovon hayot garovi. Shu bois hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4