35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
📌 Deputat nazorati: Murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
#munosabat

STRATEGIK KORXONALAR XUSUSIYLASHTIRILISHIDA DAVLAT MANFAATLARI HIMOYA QILINADI

♻️Strategik ahamiyatga ega korxonalarni xususiylashtirish jarayonida davlatning vaqtinchalik maxsus ishtirok etish huquqini saqlab qolish amaliyoti joriy etilayotgani muhim qadam, deb hisoblayman.
♻️Bu mexanizm, avvalo, milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va aholi manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Xususiylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat aktivlarini samarali boshqarish, investitsiyalarni jalb etish va korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishdir.
♻️Shu bilan birga, strategik tarmoqlarda davlat manfaatlarini kafolatlaydigan maxsus huquqning mavjudligi xususiylashtirish jarayonida mas’uliyat va nazoratni kuchaytiradi.
♻️Deputat sifatida bu yangilikni ochiqlik, qonuniylik va xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim mexanizm sifatida baholayman.
♻️Xususiylashtirish — shunchaki mulk egasini o‘zgartirish emas, balki iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat farovonligiga xizmat qilishi lozim bo‘lgan muhim jarayondir.

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,