35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — FAROVONLIK OMILI
Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Sari-Qangli” mahallasiga biriktirilgan bank xodimi G.Tillabayevaning faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla bankirining aholi bilan bevosita muloqot qilishi, fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganishi va ularga mavjud bank xizmatlari, kreditlash imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishiga e’tibor qaratildi.

🔺Deputat tomonidan mahalla bankirining faoliyatida manzillilik va natijadorlikka alohida e’tibor qaratish, fuqaroni kredit ajratish bilan cheklanib qolmasdan, ajratilgan mablag‘ning maqsadli ishlatilishi va yaratilgan loyihaning daromad keltirishigacha bo‘lgan jarayonni kuzatib borish zarurligi qayd etildi.

🔺O‘rganish yakunida mahalla bankiriga aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1