35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
📌 Mahalla faoliyati va deputatlik nazorati qonuniy asosda o‘rganilmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining asosiy vazifalari:
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi!
янв.21
📌 Senator va deputat Husan Ermatov talabalar bilan uchrashdi
янв.21
📌 Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tiborda: Deputat va mahalla yettiligi xonadonbay o‘rganishlar olib bormoqda
янв.21
⚡️ Kengash raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan keksalar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
DEPUTATLAR XALQ BILAN MULOQOTDA
янв.21
📌 Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va murojaatlar tahlil qilindi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli "Namuna" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Termiz shahrida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar  25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Namuna” mahallasida bo‘lib, fuqarolar qabulni o‘tkazdilar.

Qabul davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni doirasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqalar hamda moddiy yordamlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan boshqa shaxsiy va ijtimoiy murojaatlar ham tinglanib, ularga joyida huquqiy maslahatlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.