35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi
янв.21
📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 Deputat tashabbusi: “Qutlug‘obod” MFYdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
янв.21
Saylov okrugida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
янв.21
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — FAROVONLIK OMILI
XOTIN-QIZLAR HIMOYASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

XOTIN-QIZLAR HIMOYASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash maqsadida 2026-yil 8-sentabr kuni tuman hokimining o‘rinbosari N.Qorayevaga rasmiy xat yuborildi.
So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.