35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O’rmonchi MFY saylov okrugida ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
⚖️ Deputatning daxlsizligi — qonun bilan kafolatlangan huquqiy himoya
янв.21
KAMBAGʻALLIKDAN CHIQISH QOGʻOZDAGI ODDIY RAQAM EMAS!
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
📌 DEPUTAT YO‘RIQNOMASI: XALQ DEPUTATI NIMALARGA E’TIBOR BERISHI KERAK?
янв.21
🏛 Baxmal tumanining kelgusi qiyofasi zamonaviy master-reja asosida shakllantiriladi
янв.21
🏛 Kutubxonada yangi “Ma’naviyat burchagi” tashkil etildi
янв.21
🏛 Baxmal tumanining kelgusi qiyofasi zamonaviy master-reja asosida shakllantiriladi
янв.21
🏛 Baxmal tumanida xotin-qizlar o‘rtasida "xonadonbay" o‘rganishlar o‘tkazildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-71-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.

Suv ta’minoti tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatlarni ochiq va shaffof ko‘rsatish hamda inson omilini kamaytirish maqsadida xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) faoliyati, xizmat tekshiruvlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida joriy yilning o‘tgan davrida suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilmagani ma’lum qilindi.

Kelgusida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, shaffoflikni yanada kuchaytirish va profilaktik ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1