35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Temirqadam mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
янв.21
📌 Yoshlar bandligi masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati nazorat-tahlil qilindi.
янв.21
#ish_reja_ijrosi 🏥 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati nazoratda
янв.21
#24_ta_masala_ijrosi 📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALALAR DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida deputatga biriktirilgan tashkilot shahar Moliya bo‘limida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, shahar hokimligining shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi o‘rganilib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni hududning dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘ ajratish masalasi ham deputatlik o‘rganishidan o‘tkazildi. Mazkur jarayonda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmuni, ularning ijtimoiy ahamiyati va ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

Sessiya oldidan bunday deputatlik o‘rganishlarining o‘tkazilishi kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, ularni har tomonlama tahlil qilish va sessiya davomida asosli fikr hamda takliflar bildirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy budjet mablag‘larining shaffof va maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

O‘tkazilgan deputatlik o‘rganishi natijalari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasida mazkur masalalarni muhokama qilish jarayonida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 2