35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat B. Amanov saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
📌 Kotibiyat xodimi va deputatning 8 oylik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — e’tibor markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
🩺 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash masalasi deputat nazoratida
янв.21
#Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
🌱 Ekologik barqarorlik — e’tibor markazida
янв.21
“Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi
янв.21
“Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda.
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN LOYIHA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

8-Maorif saylov okrugida olib borilayotgan deputatlik o‘rganishlari davomida hududdagi tadbirkorlik subyektlari va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ham joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov hamda A.Mahkamov tomonidan Maorif MFYda davom ettirilgan o‘rganishlar jarayonida deputatga biriktirilgan loyiha faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Xususan,deputatga biriktirilgan loyiha roʻyhatidagi yakka tartibdagi tadbirkor Raxmonova Zumrad Ulmasovnaning ayollar oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishildi. Mazkur faoliyat doirasida ayni paytda 3 nafar ishchi mehnat qilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorning ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Jumladan, ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun 10 million so‘m miqdorida kredit mablag‘iga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Deputatlar tomonidan tadbirkorning murojaati va kredit mablag‘idan foydalanish imkoniyatlari nazoratga olinib, loyihaning kelgusidagi rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ayollar bandligini ta’minlash borasidagi salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari joylarda tadbirkorlarning muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etishga amaliy ko‘maklashish va mavjud loyihalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5