Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M. Muqimova tumandagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Yangi o‘quv yili maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilar uchun ko‘tarinki ruh, ezgu niyatlar va katta maqsadlar bilan boshlandi.
Har bir yangi o‘quv yili inson hayotida yangi sahifa ochadi. Bu sahifaga erishilgan yutuqlar, orttirilgan bilimlar, amalga oshirilgan ezgu ishlar va kelajak sari qo‘yilgan dadil qadamlar bitiladi.

Maktab — nafaqat bilim beriladigan, balki yosh avlodning dunyoqarashi, ma’naviyati, mustaqil fikrlashi va kelajakka bo‘lgan ishonchi shakllanadigan muhim maskandir.

Tadbir davomida o‘quvchilarga puxta bilim olish, o‘z ustida muntazam ishlash, yuksak marralarni ko‘zlab intilish hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetish borasida samimiy tilaklar bildirildi.

Slide 1 of 4