Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, MUROJAATLAR NAZORATGA OLINMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 25-Orolbo‘yi saylov okrugida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish M.Abdurahmonova va deputatga biriktirilgan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi A. Mamadaliyev va Iqbol ko‘chasining ko‘chaboshisi N.Boyqo‘ziyev bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar, xususan, aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalalari yuzasidan suhbatlashildi.

Muloqot chog‘ida Iqbol ko‘chasidagi elektr tarmoqlarining texnik holati, eskirgan elektr simlari hamda simyog‘ochlarni yangilash masalasi ko‘tarildi. Ushbu masalaning aholi xonadonlari elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati alohida qayd etildi.

Bildirilgan murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, masalani mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Deputatlik o‘rganishlarining bunday shaklda davom ettirilishi hudud aholisini qiynayotgan masalalarni bevosita joyida aniqlash, murojaatlarni nazoratga olish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6