Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Bolalar maydonchalari e’tibor va nazoratda
янв.21
Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
янв.21
🧹 Koʼp qavatli uylar ichki yoʼlaklari tozaligi nazorat qilindi.
янв.21
🏥 АHOLIGА SIFАTLI TIBBIY XIZMАT KOʼRSАTISh — EЪTIBOR MАRKАZIDА
янв.21
АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
янв.21
📌 MUAMMO VA YECHIM: DEPUTAT NAZORATI AMALDA
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI: AHOLI BILAN MULOQOT DAVOM ETMOQDA
Birinchi qo‘ng‘iroq – bilim va ma’rifat sari chorlov

So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilib, yosh avlodning chuqur bilim olishi, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zamonaviy maktab binolarining qurilib foydalanishga topshirilayotgani, darslik va metodikalar takomillashayotgani, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani buning yaqqol isbotidir.

➡️Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, bu jarayon xalqimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar taqdiriga bevosita daxldorligi bilan ahamiyatlidir.

➡️Bugun Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov tomonidan maktabida o‘tkazilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tantanali tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

➡️Darhaqiqat, ta’lim — kelajagimiz poydevori. Bugun maktab ostonasini ilk bor hatlab kirgan kichik sinf o‘quvchilari ertangi kunning bilimdon, vatanparvar va fidoyi farzandlari bo‘lib yetishadi. Shu bois, Birinchi qo‘ng‘iroq jaranglagan bugungi sana har birimiz uchun katta hayajon, mas’uliyat va quvonch kunidir.

🇺🇿 Yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamiz uchun qutlug‘ bo‘lsin!

Slide 1 of 1