Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Tuman "Suv ta’minoti" korxonasida aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim Farmon
янв.21
🏛 "Baxmaltumangaz" bo‘limida murojaatlar ijrosi tekshirildi
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA RAISINING ASOSIY VAKOLATLARI
янв.21
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyalar – ochiqlik va hamkorlik maydoni
янв.21
🏛 Normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniy kuchi yuzasidan tushuntirish
янв.21
❗️ Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
янв.21
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🏛 Deputat B.Mirzabekov sessiya kotibi axborotini o‘qib eshittirdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

👧Birinchi qo‘ng‘iroq – bilim va ma’rifat sari chorlov

➡️So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilib, yosh avlodning chuqur bilim olishi, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zamonaviy maktab binolarining qurilib foydalanishga topshirilayotgani, darslik va metodikalar takomillashayotgani, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani buning yaqqol isbotidir.

➡️Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, bu jarayon xalqimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar taqdiriga bevosita daxldorligi bilan ahamiyatlidir.

➡️ Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo'jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi U. Alimov tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tantanali tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

➡️Tuman hokimi tadbir ishtirokchilariga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘quvchilarga esa bilim olish yo‘lida bardavom kuch-quvvat va yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.

➡️Darhaqiqat, ta’lim — kelajagimiz poydevori. Bugun maktab ostonasini ilk bor hatlab kirgan kichik sinf o‘quvchilari ertangi kunning bilimdon, vatanparvar va fidoyi farzandlari bo‘lib yetishadi. Shu bois, Birinchi qo‘ng‘iroq jaranglagan bugungi sana har birimiz uchun katta hayajon, mas’uliyat va quvonch kunidir.

🇺🇿 Yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamiz uchun qutlug‘ bo‘lsin!🇺🇿

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 9