35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: MUSTAQILLIK MAHALLLASIDA XAVFSIZ MUHIT TA’MINLANMOQDA
янв.21
📌 QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi
янв.21
🌿 Mahallada obodonlashtirish ishlari faol davom etmoqda.
янв.21
⚡️ AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO'G'RISIDA
янв.21
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI:
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi komissiya yig‘ilishi

 NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHI 

  

Farg‘ona tumani Kengashi kotibiyati, Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport
va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”ning
navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari
N.M.Isaqov, F.Mirzayev, O.Dadajonova,J.Eminov, I.Abduraxmonov, A.Eminovlar
ishtirok etdilar.
 

Yig‘ilishni
komissiya raisi A.Eminov olib bordi
 

Yig‘ilish kun
tartibi bo‘yicha “Farg‘ona tumanidagi umumta’lim maktablarini 2022-2023-o‘quv
yillarida bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini ta’minlash ishlari holati
to‘g‘risida” tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri
Gʻ.S.Ortiqovning axboroti eshitildi.
 

Axborot yuzasidan
erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan komissiya a’zolari
fikr-mulohazalari bildirildi.
 

Tuman maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi mudirining 2022-2023-o‘quv yilidagi faoliyati yaxshi
baholanib, ushbu ko‘rsatkichlarni nafaqat viloyat balki Respublika miqiyosida
ham birinchi o‘rinlarda bo‘lishi uchun shijoat va mehnatni kamaytirmaslikni,
kelgusi faoliyatlarida ham omad va zafarlar yor bo‘lishligini tiladilar, hamda
eshitilgan masala bo‘yicha doimiy komissiyaning qarori qabul qilinib, joriy
yilning oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi
rejalashtirilayotgan tuman Kengashining sessiyasiga rejalar tahlili kiritilishi
aytib o‘tildi..
  

Slide 1 of 1