Uchrashuvda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan 10 dan ortiq muammo yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jumladan, parasportchi yoshlar parapauerlifting bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yetarli emasligi, sport anjomlari talab darajasida emasligi va ayrim jihozlar yetishmasligini ta’kidladilar.
Bildirilgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.