Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik doirasida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🔹 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-20-21-13-215-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosi to‘g‘risidagi masala.
📑 Mazkur masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar o‘rganilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
🏛 O‘rganish yakunlari sessiya muhokamasida inobatga olinadi.