Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Murodjon Ergashev tomonidan “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada mas’ul oilaviy shifokor va akusher-ginekolog mavjud emasligi, laboratoriya jihozlarining aksariyati eskirgani, jumladan, mikroskop, muzlatkich va avtoklav nosoz holatda ekani, shuningdek, isitish tizimi hamda konditsioner bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, xususan, fertil yoshidagi ayollar va o‘smir qizlarga zarur tibbiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b. X.Abduvoxidov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.