Shuningdek, ushbu bekatlar hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari va savdo shoxobchalari egalari bilan muloqot o‘tkazildi. Deputat tomonidan tadbirkorlarga:
⏩Bekat atrofini doimiy ravishda toza va ozoda saqlash;
⏩Yo‘lovchilar uchun o‘rnatilgan jihozlar va o‘rindiqlarni soz holatda tutish;
⏩Hududni tartibga keltirish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.
Aholi uchun qulay, xavfsiz va shinam jamoat joylarini tashkil etish bo‘yicha bunday o‘rganish va nazorat tadbirlari davom ettiriladi.