35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tuman tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi, asoslovchi hujjatlar, xulosa hamda boshqa qarorosti hujjatlari batafsil o‘rganildi.

Mazkur hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va takliflarning asoslanganligi tahlil qilindi.