35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TOJIK MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 TOJIK MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Tojik mahalla
fuqarolar yig‘inida, xususan Tojik ko‘chasida o‘rganish ishlari amalga
oshirildi.
 

Ko‘cha muammolarini aniqlash maaqsadida deputat ko‘chaboshi Q.Xasanov bilan
uchrashdi, birgalikda ko‘cha bo‘ylab aylandilar, fuqarolar bilan suhbat qurdi.
Ko‘chaboshi hamda fuqarolar hozirgi kunda alohida “Manzilli dastur”
asosida mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilayotganligini
mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
 

Deputat tomonidan energiya samaradorligi masalalarida berilgan savollarga
faqatgina suyultirilgan gaz balonlari 2 oydan ortiq vaqtda, kechikib kelganini
aytdilar, deputat mazkur masalani “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etib, kelgusida nazoratga olishini fuqarolarga yetkazdi.
  

Slide 1 of 3