35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

 Murojaati joyiga chiqib o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mahmudjon
Ollaquliyevich Tangriberaganov hamda Chamanzor mahallasi raisi Durdona Qabulova
tomonidan Chamanzor mahallasida, Sh. Rashidov ko‘chasi, 1/11-uyda istiqomat qiluvchi II
guruh nogironi Zulfiya Sobirovna Botirovaning murojaati joyiga chiqib
o‘rganildi.
 

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning muammosi atroflicha tahlil qilinib, amaldagi
qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rildi. Natijada murojaat ijobiy hal etilib, fuqaroning masalasi amaliy yechim topdi.
 

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy huquq va
manfaatlarini ta’minlash hamda joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf
etish xalq vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib qolmoqda.
  

Slide 1 of 1