35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Oqtosh mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Nurobod mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
O’rmonchi mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
⚡️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda
янв.21
📍 Nurobod mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Oyqor mahallasida fuqarolar qabuli va murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
⚡️ DEPUTAT NAZORATI: "CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI
янв.21
🩺 AHOLI SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

📁 Mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi doirasida mahallalardagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tuman deputati Jamshid Karimov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📊 O‘rganishlar davomida aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar ham tahlil qilinib, mahallalarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yo‘l belgilari, svetoforlar, piyodalar o‘tish joylari va yo‘l chiziqlarini tashkil etish masalalari tegishli soha mutasaddilariga yetkazildi.

⚠️ Ayniqsa, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida bolalar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, mazkur hududlarda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish, piyodalar o‘tish joylarini belgilash hamda maxsus yo‘l chiziqlarini chizish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari talablari asosida yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

📈 Mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan takliflarning amaliy ijrosi nazoratga olinadi.

Slide 1 of 5