24 talik yo‘nalishda belgilangan “Madad” NNT byurosi bilan hamkorlik davom etmoqda.
Joriy yilning 3 avgust kuni 17-Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugidan XDPdan saylangan deputat Tabassum Mirzayeva "Madad" NNT byurosi rahbari J. Toshmatov bilan hamkorlikda 1975-yilda Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda tug‘ilgan fuqaro 1-guruh nogironi А.Neʼmatovning shaʼni, qadr-qimmatini himoya qilish, uy-joy daxlsizligini buzganlik, haqoratqilish va tazyiq natijasida yetkazilgan maʼnaviy zarar yuzasidan fuqarolik sudiga davo arizasi kirgazishda amaliy yordam berildi.