35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 3–7-AVGUST KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI

📅 3-avgust | Dushanba
👤 Deputat: Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov
🔹 Ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari hamda atrofi tozaligi va yoritilishi holatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Do‘stlik mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish va deputat jurnaliga qayd etish.
📋 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunning 19¹-moddasi asosida tashabbuskor o‘rganish o‘tkazish.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi **"Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"**gi O‘RQ-581-son Qonuni ijrosini monitoring qilish.
🤝 Paxta-to‘qimachilik klaster korxonasi bilan hamkorlik uchrashuvi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📅 4-avgust | Seshanba
👤 Deputat: Qalandarov Azamat Shermetovich
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov
🔹 Guliston mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Bo‘ston va Guliston mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
📋 Qonunning 19¹-moddasi asosida tashabbuskor o‘rganish o‘tkazish.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi **"Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"**gi O‘RQ-415-son Qonuni ijrosini monitoring qilish.
🤝 Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlik uchrashuvi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📅 5-avgust | Chorshanba
👤 Deputat: Masharipov Izzat Masharipovich
🔹 Manoq mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil tirbandligi hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Turkiston mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
📋 Qonunning 19¹-moddasi asosida tashabbuskor o‘rganish o‘tkazish.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi **"Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"**gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosini monitoring qilish.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📅 6-avgust | Payshanba
👤 Deputat: Xasanova Durdona Otaxonovna
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova
🔹 Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Yangi yo‘l va Beshmargan mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
📋 Qonunning 19¹-moddasi asosida tashabbuskor o‘rganish o‘tkazish.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi **"Ekologik nazorat to‘g‘risida"**gi O‘RQ-363-son Qonuni ijrosini monitoring qilish.
🤝 "Shimolgazta’minot" unitar korxonasi "Shovottumangaz" filiali bilan hamkorlik uchrashuvi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📅 7-avgust | Juma
👤 Deputat: Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova
🔹 Ijtimoiyat va Po‘lat mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Po‘lat va Ijtimoiyat mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
📋 Qonunning 19¹-moddasi asosida tashabbuskor o‘rganish o‘tkazish.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi **"Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"**gi O‘RQ-139-son Qonuni ijrosini monitoring qilish.
🤝 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shovot tumani bo‘linmasi bilan hamkorlik uchrashuvi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📅 8-avgust | Shanba
📊 Haftalik ish rejasining bajarilishini monitoring qilish hamda hafta yakunlari bo‘yicha sarhisob o‘tkazish.