35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#162_qonun

🔹Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati K. Kasimova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan PQ-141-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan Muborak mahallasidagi 13-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

🔸Mazkur loyiha doirasida mavjud 120 o‘rinli eski bino o‘rnida 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Qurilish ishlari uchun 1 milliard 560 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, obyektni yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

🔹O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli o‘zlashtirilishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2