📍 Manzil: Bo‘yrachi mahallasi
👤 Deputat: 2-Bo‘yrachi saylov okrugidan saylangan deputat G‘ayrat Ollamov
🤝 Hamkor: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
🔎 O‘rganish davomida aniqlandi:
🔹 Fuqaro Avezova Durdona Fayzullayevna oilasining ijtimoiy ahvoli joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹 Turmush o‘rtog‘i 4 yil avval ishlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasiga ketgan bo‘lib, shu kungacha oila a'zolari bilan umuman aloqaga chiqmagan.
🔹 Bugungi kunda Durdona Fayzullayevna farzandlarini yolg‘iz tarbiyalab kelmoqda.
🏠 Xonadon holati:
✔️ Uy tom qismidan chakka o‘tmoqda.
✔️ Bir xonasi pol qilinmagan.
✔️ Boshqa xonalar ham ta'mirtalab.
✔️ Oila mahallaning ijtimoiy reyestriga kiritilgan.
🤝 Deputat hamda saxovatpesha homiylar bilan hamkorlikda xonadonni ta'mirlash va oilaga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilishi belgilandi.