O‘rganish ishlari siyosiy partiya vakili bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda amalga oshirildi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.